Yoshlar kuni munosabati bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi

Yoshlar kuni munosabati bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filialida yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, ularning intellektual va kasbiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda murojaat va takliflarini tinglash maqsadida Veterinariya meditsinasi fakultetida “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda filial direktori N.Yuldashov ishtirok etdi.
 

Tadbiri ochiq muloqot shaklida tashkil etilib, unda bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarga yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar, oliygohda ta’lim sifatini oshirish va kredit-modul tizimining afzalliklari haqida so‘z yuritildi.



Muloqot davomida talabalar o‘zlarining ilmiy va innovatsion g‘oyalari, o‘quv jarayoni va maishiy sharoitlarni yanada yaxshilashga qaratilgan takliflari bilan faol qatnashishdi.