YUKSAK E’TIROF VA SHARAF

YUKSAK E’TIROF VA SHARAF

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filiali fidoyi ustozlari mehnati davlatimiz tomonidan munosib baholanmoqda
 

“Tabiiy-ilmiy, gumanitar fanlar va jismoniy madaniyat” kafedrasi mudiri, falsafa fanlari nomzodi Ernozarov Ravshan Ummatovich ta’lim sohasidagi ko‘p yillik samarali va fidokorona mehnati, yosh avlodga sifatli bilim va tarbiya berishdagi xizmatlari uchun “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi



Ushbu yuksak mukofot ustozning oliy ta’lim rivoji, kafedra salohiyatini yuksaltirish va yetuk kadrlar tayyorlash yo‘lidagi halol mehnatining yorqin dalilidir.

Filial rahbariyati, professor-o‘qituvchilar jamoasi va barcha talaba-yoshlar nomidan Ravshan Ummatovichni ushbu sharafli mukofot bilan chin dildan muborakbod etamiz!

Sizga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik hamda ilmiy-pedagogik faoliyatingizda yangi marralar va zafarlar tilaymiz!