Xalqaro aloqalar

Xalqaro aloqalar

1. Filial “Ta’lim to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonunining
33-moddasiga muvofiq ta’lim muammolari yuzasidan xalqaro hamkorlikda ishtirok etadilar, chet davlatlarning tegishli o‘quv yurtlari bilan bevosita belgilangan tartibda aloqalar o‘rnatish huquqiga ega.

CHet el fuqarolarini o‘qitish, ta’lim muassasasi ilmiy-pedagogik xodimlarining O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida o‘qituvchilik
va ilmiy-tadqiqotchilik ishlari davlatlararo organining xorijiy davlatlarning ta’limni boshqarish bo‘yicha tegishli organlari orasidagi shartnomalar, shuningdek F
ilialining qonunchilikka muvofiq chet el fuqarolari va xorijiy yuridik shaxslar bilan bevosita tuzgan shartnomalari asosida amalga oshiriladi.

2. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari deb qaralishi mumkin bo‘lmagan, xorijiy sheriklar bilan hamkorlikdagi faoliyat to‘g‘risida belgilangan tartib asosida shartnomalar tuzish huquqiga ega.

3. Filial O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq ushbu Ustavda nazarda tutilgan va “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarni bajarishga, shuningdek xalqaro aloqalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega.

Foydali Manzillar