Ilmiy kengash
Filial Ilmiy kengashining kotibi:
Eshdavlatov Orif Zokirovich
Tel: (+99897) 701-88-21
qabul kunlari:
dushanba va juma (14:00 16:00)
“Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali” Kengashi to‘g‘risida
NIZOM
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik
va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali Ilmiy kengashi 21 nafar professor-o‘qituvchilardan iborat.
“Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali” (keyingi o‘rinlarda Filial deb yuritiladi) faoliyatiga tegishli asosiy masalalarni ko‘rib chiqish uchun direktor raisligida Filial Kengashi (keyingi o‘rinlarda Kengash deb yuritiladi) tashkil etiladi.
Kengash o‘z faoliyatida:
- O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga
- Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining hay’at qarorlari va buyruqlari. Filial Ustavi va ushbu Nizomga, shuningdek, boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Kengash o‘z ish faoliyatini
- qonuniylik, amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq oshkoralik
- mustaqillik
- masalalarni erkin muhokama qilish
- kollegiallik va yakkaboshchilikning uyg‘unlashuvi, jamoa fikrini hisobga olish prinsiplari asosida amalga oshiradi.
Kengash tarkibi:
- Direktor (Rektor)
- direktor o‘rinbosarlar
- fakultet dekanlari
- kafedra mudirlari
tarkibiy bo‘limlar shuningdek, jamoat tashkilotlari rahbarlari, filial talabalari vakillaridan tashkil etiladi. Professor-o‘qituvchilar tarkibidan Kengashga saylanuvchi a’zolarning soni direktorning buyrug‘i bilan belgilanadi. Kengash tarkibiga filialda muayyan yo‘nalishlarda ishlayotgan yirik olimlar va mutaxassislar ham kiritilishi mumkin. Kengashning vakolat muddati – 5 yil.
Har o‘quv yilining boshida, turli sabablarga ko‘ra Kengash tarkibidan chiqqanlar o‘rniga, yangi a’zolar Nizom bo‘yicha saylanib a’zolar ro‘yxatiga kiritiladi.



O`zbekcha
English
Русский