Moliya-xo‘jalik faoliyati va moddiy-texnik baza

Moliya-xo‘jalik faoliyati va moddiy-texnik baza

1. Filial Toshkent viloyati Zangota tumani, O'rtaovul QFY A.Temur ko'chasida joylashgan binoga bepul foydalanish huquqi bilan joylashtirilgan.

2. Filialga jismoniy va yuridik shaxslardan sovg‘a, hadya yoki vasiyat bo‘yicha berilgan pul mablag‘lari, mol-mulk va boshqa mulkiy ob’ektlarga, Filial faoliyatining samarasi hisoblangan intellektual va ijodiy mahsulotlarga, shuningdek o‘z faoliyati orqali oladigan daromadlar va bu daromadlar hisobidan sotib olinadigan mulkiy ob’ektlarga egalik qilish huquqi berilgan.

3. Filial mol-mulkni ijaraga oluvchi va mol-mulkni ijaraga beruvchi sifatida faoliyat ko‘rsatish huquqiga ega. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 16 iyundagi
454-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat mulkini ijaraga berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq
Filial o‘ziga biriktirilgan ijaraga berilishi qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan bo‘sh turgan binolar, inshootlar va ularning qismlari, asbob-uskunalar, transport vositalari shaklidagi davlat mulki va boshqa mol-mulklarni Kengashning roziligi bilan tasarruf etish huquqisiz, belgilangan narxlar bo‘yicha ijaraga berishni amalga oshiradi.

Ijara haqi sifatida olingan mablag‘larning tegishli qismi ta’lim jarayonini rivojlantirish uchun foydalaniladi.

4. Quyidagilar Filialning faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilanadi:

O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari;

to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar;

xo‘jalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan tushumlar;

jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;

xalqaro moliya institutlarining grantlari;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

5. Filialning asosiy faoliyatidan cheklanmagan tartibda ta’lim va boshqa sohalarda pullik xizmat faoliyatini amalga oshirish mumkin. Filialda shug‘ullanadigan tadbirkorlik faoliyati uning ustavida belgilangan vazifalarga mos kelishi kerak.

Filial pullik ta’lim xizmatlari, konsultatsiyalar va boshqa xizmatlar uchun narxlarni belgilash, soliq va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa majburiy to‘lovlardan so‘ng qolgan daromadni mustaqil tasarruf etish huquqiga ega.

Filial O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga hamda mazkur Ustavga zid bo‘lmagan shartnomalarni tuzish, majburiyatlar va boshqa shartlarni belgilash bo‘yicha masalalarni mustaqil hal qiladi.

6. Filialda lavozim maoshlari “Oliy ta’lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risida”gi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq belgilanadi. Institut filiali xodimiga lavozim maoshi, o‘z funksional vazifalarni hamda mehnat shartnomasida nazarda tutilgan ishlarni bajarganligi uchun to‘lanadi. Qo‘shimcha maosh, ustama, moddiy yordam va boshqa moddiy rag‘batlantirish tadbirlarining hajmini Filial mustaqil, ish haqi fondi doirasida qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda va hajmda belgilaydi.

7. Filialda tashkil etilgan jamoat tashkilotlariga faoliyat ko‘rsatishlari uchun zarur bo‘lgan xonalarni ajratadi. Filial hududida joylashgan tibbiyot tayanch maskani hamda talabalar, tinglovchilar va xodimlarga xizmat ko‘rsatuvchi oshxona, bufetlar va boshqa umumiy ovqatlanish muassasalariga isitish, yoritish va suv ta’minoti bilan taminlangan xonalar ajratiladi.

Filial tegishli binolarini ta’mirlash, rekonstruksiya qilish yoki yangilarini qurish, ularning moliyaviy ta’minotini qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Foydali Manzillar