Ma'naviy ma'rifiy tadbirlar
Ma'naviy ma'rifiy tadbirlar
Bugun 17- noyabr kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filialida "17-noyabr Xalqaro talabalar kuni" munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbir boshida filial direktori professor B.Madartov so‘zga chiqib, talabalarni bugungi bayram bilan samimiy tabriklab, ularga kelajakda yuqori cho'qqilarni egallashlarida xormay-tolmay mehnat qilishlari, hech qachon harakatdan to'xtamaslik, talabalik maqomining qadriga yetmoq kerakligi haqida aytib o'tdi. Bayramda o‘quv yili mobaynida faol, iqtidorli talabalar va sportning Mini futbol turi bo'yicha o'tkazilgan "Rektor kubogi" musobaqasi g‘oliblari esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.


2022.11.17
=================================================================================================================================
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filialida joriy yilning 20-oktabr kuni Toshkent shahar Chilonzor tumani Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mutaxassislari bilan birgalikda "Favqulodda holat va is gazidan zaharlanishning oldini olish" mavzusida tadbir o'tkazildi. Tadbirda Favqulodda vaziyatlar bo'limi mutaxassisi Ilhom Qo'ziyev talabalarga favqulodda holatlar to'grisida ma'lumotlar, tushunchalar berdilar.Bunda is gazi, ovqatdan zaharlanish, yong'in xavfizligi to'g'risida tushunchalar berildi.
Baxtsiz hodisalar yuz berganda ishonch telefonlariga murojaat qilishlari kerakligini ta'kidlashdi. Tadbir davomida talabalarga yanada tushinarli bo'lishi uchun videoroliklar, slaydlar taqdim etildi. Davra suhbati savol-javob asosida qiziqarli tarzda mazmunli o'tdi.
2022.10.21
========================================================================================================================
“Muhammad Yusuf - el ardog'idagi shoir" nomli tadbir tashkil qilindi.
Samarqand veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filiali talabalarining bilim olishlari bilan birgalikda ularning ma’naviy dunyoqarashlarini o‘stirish hamda kitob mutolaasini yoshlar orasida yanada kengroq yoyish maqsadida, ARM xodimlari tomonidan yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Kitobxonlik haftaligi” doirasida, Muhammad Yusuf tavalludining 68 yilligi munosbati bilan
“Muhammad Yusuf - el ardog'idagi shoir" nomli tadbir tashkil qilindi.
Tadbir filialimiz professor-o'qituvchilari tomonidan nashr etilgan darslik va o'quv qo'llanmalar taqdimoti bilan boshlandi. Shuningdek, talabalar Muxammad Yusuf qalamiga mansub she'r va qo'shiqlar ijro etishdi, sahna ko'rinishlari esa barchaga birdek manzur bo'ldi.
Tadbir so'ngida faol qatnashgan ishtirokchi talabalar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.


27.04.2022
"Bobur kabi seving Vatanni" deb nomlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.
2022 yil14-fevral kuni Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Toshkent filiali Veterinariya maditsinasi fakultetida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligiga bag'ishlab, "Bobur kabi seving Vatanni" deb nomlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.
Tadbirda professor-o'qituvchilar va talabalar faol ishtirok etishdi.
Shuningdek, tadbirda Toshkent axborot kommunikatsiyalari va aloqa harbiy institutining ofitser va kursantlaridan iborat tarkib ham qatnashishdi.
Tadbir hammaga manzur bo'ldi.



14.02.2022
==========================================================================================
Mamlakatimizda yangi O'zbekistonni barpo etishdek ulug' maqsadga erishish yo'lida asosiy tayanchimiz boʻlgan, azm-u shijoatli yoshlarga e'tibor va g'amxo'rlik koʻrsatishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, talaba-yoshlar orasida o`quv yili davomida yuqori marralarni zabt
etgan yoshlarni taqdirlash, tengdoshlari orasida o'z iqtidori bilan ajralib turadigan yoshlarni rag'batlantirish, kelgusida yangidan yangi marralarni zabt etishga
ko'maklashish maqsadida, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filialida ,,O'zbekiston yoshlari, birlashaylik!" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda yil davomida faollik ko'rsatgan, fan olimpiadalari va sport musobaqalarida faol ishtirok etgan talaba-yoshlar diplomlar va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.



06.02.2022
Foydali manzillar
Xalq ta'lim vazirligi
Yagona interaktiv davlat xizmatlar portali (my.gov.uz)
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti rasmiy veb-sayti
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi
Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Ochiq ma'lumotlar portali
Qishloq xo'jaligi vazirligi
Accreditation Council for Business Schools and Programs (ACBSP)
O`zbekcha
English
Русский