18-NOYABR — O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BAYROG‘I QABUL QILINGAN KUN

18-NOYABR — O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BAYROG‘I QABUL QILINGAN KUN

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filialida 18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan tantanali ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
 

Tadbirda filial direktori N.Yuldashov so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni ushbu shonli sana bilan muborakbod etdi. Direktor o‘z nutqida davlat ramzlariga bo‘lgan yuksak hurmat — Vatan va millatga bo‘lgan sadoqatning yorqin ifodasi ekanligini, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda bu kabi sanalarning ahamiyati beqiyos ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi.



Tadbir davomida talaba-yoshlar tomonidan Vatan, bayroq va istiqlolni madh etuvchi she’rlar, badiiy chiqishlar va kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Bu kabi tadbirlar yoshlarning qalbida milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.