“MA’RIFAT ULASHIB” — YOSHLAR QALBIGA EZGULIK VA ILM ZIYOSINI ULASHAMIZ

“MA’RIFAT ULASHIB” — YOSHLAR QALBIGA EZGULIK VA ILM ZIYOSINI ULASHAMIZ

Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, kitobxonlik va adabiyotga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar izchil tashkil etib kelinmoqda
 

“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida yoshlar uchun navbatdagi davra suhbati o‘tkazildi. Ushbu uchrashuvda — notiq, professor Rahimboy Jumaniyozov hamda madaniyat xodimi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Muhammad Ismoil ishtirok etdi



Uchrashuv davomida adabiyot va she’riyatning yoshlar ma’naviy hayotidagi o‘rni, badiiy tafakkurni rivojlantirish, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, ijodkorlikka intilish hamda zamonaviy yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini boyitish kabi muhim masalalar yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek notiqlik san'ati bo'yicha amaliy ko'nikmalar berib o'tildi