Axborot-resurs markazi
Axborot resurs markazi boshlig‘i:
Mamataliyeva Umida
Qabul kunlari:
Har kuni (1400 - 1600)
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali Axborot-resurs markazida mavjud o‘quv adabiyotlarni inventarizatsiyadan o‘tkazish va bu adabiyotlar ro‘yxatini amaldagi o‘quv dasturlarida nazarda tutilgan o‘quv adabiyotlar ro‘yxati bilan o‘zaro taqqoslash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida
MAʼLUMOT
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali Axborot-resurs markazida mavjud adabiyotlarni to‘liq inventarizatsiyadan o‘tkazish va ularni amaldagi fan dasturlaridagi adabiyotlar ro‘yxati bilan solishtirish orqali tahlil qilish natijasida aniqlanishicha sohaga oid yangi milliy adabiyotlar va chet el nashrlaridan mavjud bo‘lib, bugungi kungacha adabiyotlar zahiarsi boyitilmoqda.
Markaz foydalanuvchilariga qulaylik yaratish maqsadida hozirgi kunda kitob fondini nafaqat an‘anaviy kitoblar, vaqtli matbuot nashrlari bilan, balki yangi elektron axborot manbalari, audio va video ma‘ruzalar bilan to‘ldirish vazifasi ham bajarib kelmoqda. Hozirgi kunga kelib, axborot-resurs markazi fondida 1500 nomdagi adabiyotlarning elektron nusxasi mavjud bo‘lib, ulardan 100 nomda ilmiy adabiyotlar,400 nomda darsliklar, 135 nomda o‘quv qo‘llanmalar, hamda turli badiiy adabiyotlarining elektron nusxalari mavjud.
Elektron kutubxona resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish va talabalarga qulaylik yaratish maqsadida SDVMChBU ARMda
@LIBRARYTF_bot (https://t.me/LIBRARYTF_bot)
telegramm kanali tashkil etilgan bo‘lib, unga talabalar talabiga muvofiq o‘quv adabiyotlar joylashtirib boriladi.



O`zbekcha
English
Русский