Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish bo‘limi

IQTIDORLI TALABALARNING ILMIY TADQIQOT ISHLARINI TASHKIL ETISH BO‘LIMI BOSHLIG‘I
Aminova Naima Umar qizi
Tel: +998 (90) 993-94-01
Email: naimaaminova3@gmail.com
16.07.2024 dan – Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish bo'limi boshlig‘i.
_______________________________________________________________________________________
Bo‘lim haqida:
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi Filialning tarkibiy bo‘linmasi bo‘lib, iqtidorli talabalarni izlash va aniqlash bo‘yicha faoliyatini amalga oshiradi. Filialda malakali kadrlar yetishtirish yo‘nalishidagi faoliyatida bo‘lajak mutaxassislarning sohaga oid masalalarni ilmiy va amaliy jihatdan hal qilish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida tashkil qilingan.
Filial talabalarining ilmiy-tadqiqot ishlari va faoliyatini tashkil etish bo‘limi Filialning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektoriga bo‘ysunadi.
Talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari va faoliyati ta’lim tizimining zamonaviy talablari hamda ko‘p yillik tajribaga tayangan holda tashkil qilinadi. Bunda, talabalarning tegishli fan sohalari bo‘yicha milliy va xorijiy tajriba, shuningdek, mavjud ilmiy-nazariy manbalar bilan tanishishi va ulardan foydalanishiga yaqindan ko‘mak beradi.
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi faoliyati mobaynida quyidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga ko‘ra ish olib boradi:
- O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
- O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi;
- O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni;
- O‘zbekiston Respublikasi “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonuni;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2021-yil 24-dekabrdagi 60-son qarori;
- Oliy ta’limning davlat standartlari;
- Filial nizomi;
- Filialning ichki tartib-qoidalari;
- Oliy Majlis qonunchilik palatasining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari hamda qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O‘zbekiston Respulikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining buyruqlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyruqlari,Filial direktorining buyruqlari hamda Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi Nizomiga amal qiladi.
Shuningdek,
- Professor-o‘qituvchilarning yillik o‘quv yuklamalaridagi “ilmiy-tadqiqot ishlari” sohasiga tegishli bandda iqtidorli talabalar bilan ishlashga tavsiyalar berish.
- Iqtidorli talabalarning respublika va xalqaro miqyosda o‘tkaziladigan seminar, ko‘rgazma va ilmiy anjumanlarda ishtirok etishlarini ta’minlash.
- Tasdiqlangan reja asosida ilmiy-tadqiqot ishlari, innovatsion loyihalar, grantlar va boshqalar bo‘yicha ishlarni olib borish.
- Talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishga yo‘llash va ular tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarilishini muvofiqlashtirish.
- Iqtidorli talabalar safidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasiga, Nomli Davlat stipendiyalarga hamda soha stipendiyalarga tavsiya etilgan nomzodlarni maxsus tayyorlash.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasiga, nomli Davlat stipendiyalarga hamda soha stipendiyalarga tavsiya etilgan nomzodlar ilmiy ishlarini tahlil etish va ularga kerakli maslahatlar bilan ko‘maklashish.
- Xalqaro va respublika fan olimpiadalarini tashkil etish va yuqori saviyada o‘tkazish.
- Filial talabalari uchun fan olimpiadalarida ishtirok etish bo‘yicha to‘garaklar tashkil etish.
- FIlial talabalarining auditoriyadan tashqari ishlarini asosan ijod qilish, ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish, ilmiy to‘garaklarda qatnashishga yo‘naltirish.
- Iqtidorli talabalar bo‘limiga qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqib, uni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar, loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishga yo‘naltirilgan faoliyatni amalga oshirish;
- Iqtidorli talabalar bo‘limiga qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqib, uni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar, loyihalar, tashabbuslar tuzish va amalga oshirish.
Talabalar ilmiy-tadqiqot ishlari va faoliyatini tashkil etish va rivojlantirishdan ko‘zlangan maqsad.
- Tegishli fan sohalari bo‘yicha talabalarning bilimini oshirish;
- Filial talabalarining ijodiy qobiliyati va ijod erkinligini oshirish, shuningdek ularda o‘quv jarayoni va kelajakda amalga oshiradigan amaliy faoliyatida tashabbuskorlik hissini shakllantirish va rivojlantirish;
- Talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish, ularning universitet doirasida, respublika OTMlari va xalqaro miqyosida amalga oshiriladigan ilmiy seminarlar, konferensiyalar, davra suhbatlari, olimpiadalar, tanlovlarda ishtirok etishini ta’minlashni nazarda tutadi;
- Talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish yo‘li bilan o‘z mutaxassisligiga bo‘lgan ijodiy yondashuvini shakllantirish, bo‘lajak mutaxassislarning shaxsiy professional xususiyatlarini shakllantirishga ko‘maklashish.
- Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim bosqichlariga qobiliyatli yoshlarni tanlash bo‘yicha ishlarni tashkil etishda kutilgan sifat va samaraga erishishga ko‘maklashish.
Filialda talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari va faoliyatini tashkil etish tamoyillari.
- O‘quv va ilmiy-tadqiqot jarayonlarining o‘zaro bog‘liqligi va uzviy olib borilishi;
- Talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etishda ham nazariy, ham amaliy ko‘nikmalarning shakllantirilishi;
- Talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatining davomiyligi va uzluksizligi (bakalavr, magistr);
- Talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyatining o‘quv dasturlari va o‘quv jarayonlari bosqichlariga mos tarzda tashkil etilishi;
- Ilmiy-tadqiqot faoliyatida qo‘llaniladigan usul va shakllarni talabaning bilim darajasi (kursi)ga ko‘ra murakkablashtirib borish.
- Talabalarning Filial doirasida, respublika OTMlari va xalqaro miqyosida amalga oshiriladigan ilmiy seminarlar, ko‘rgazmalar, konferensiyalar, davra suhbatlari, kongresslar, forumlarda ishtirok etishi;
- Talabalar ilmiy-ijodiy nashrlari.
Talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish turlari.
- Ilmiy-tadqiqot ishlarini rejalashtirish, tashkillashtirish va amalga oshirish metodologiyasini o‘rganish;
- Universitetning ilmiy faoliyat yo‘nalishlari, ularning faoliyatini amalga oshirish prinsiplari, an’analari, yutuqlari bilan tanishish;
- Talabalar ilmiy to‘garaklar, ilmiy-tadqiqotlar va boshqa ilmiy bo‘linmalar faoliyatida ishtirok etish;
- Ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha tadqiqot mavzularini izlash va tanlash;
- Ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish;
- Xorijiy ilmiy nashrlarda (Scopus ro‘yxatidagi) maqolalar chop etish;
- Ilmiy risola va monografiyalar chop etish;
- Fan olimpiadalarda ishtirok etish.
Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish bo'limi ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash maqsadida 2021-yilda bo‘lim qoshida tayanch doktarantura ochilgan. Tayanch doktaranturada mahalliy mutaxassislar bilan bir qatorda xorijiy davlat tadqiqotchilari ham qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.
2023 yilga kelib kelib tayanch doktarantlar soni 43 nafarga yetdi. Ularning orasida nafaqat mahalliy va millliy yo‘nalishda balki global darajadagi muammolar yuzasidan ham ilmiy mavzularda tadqiqotlar olib borilmoqda. Hozirda bo‘lim universitetning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari tarkibida soha yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlarini tayyorlash maqsadida faoliyat yuritadi.
Iqtidorli talabalar:

Familiyasi ismi va otasining ismi:
Muxitdinova Nozimaxon Faxriddin qizi
Ta’lim yo‘nalish/ mutaxassisligi:
Veterinariya meditsinasi “70840101- Hayvonlarga tashxis qo‘yish va davolash”
Ilmiy ishlari:
1. Chorvachilikda zooparazitlarga qarshi mahalliy preparatlarning qo’llanilishi.
2. Parrandalar mikotoksikozi va ularga qarshi kurashish usullari
3. Chorvachilikda probiotiklarning ro’li
4. Asalarilarda varroatoz kasalligi tarqalishi, kechishi va davolash hamda oldini olish
5. Еффективность применения пробиотической кормовой добавки “Бактовит” при выращивании африканских сомов.
6. Mikotoksikozlar va ulardan ajraladigan toksinlarning hayvonlar organizmiga ta’siri
Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi sohibasi
F.I.O: Maxamadaliyeva Madina Ulug‘bek qizi
Ta’lim yo‘nalish/ mutaxassisligi: Veterinariya meditsinasi
“5440100-Veterinariya meditsinasi” (faoliyat turlari bo‘yicha) mutaxassisligi
Ilmiy ishlari:
1. Leptospiroz kasalligini davolash.
2. Measures for treatment and
prevention of dispeps disease in calves
3. Brutsellyoz kasalligini Kelib chiqishi va oldini olish chora tadbirlari xusisida adabiyotlar sharxi
4.Yirtqich hayvon va quyon gelmintlarini kelib chiqish va
unga qarshi kurashish chora tadbirlari
5. Sog’lom turmush tarzini keng tatbiq etishda ommaviy sport turlari ahamiyati
“Direktor stipendiyasi” sohiblari
![]() |
F.I.O: To‘raboyev Ikrom Kamoliddin o‘g‘li Ta’lim yo‘nalish/ mutaxassisligi: Zooinjeneriya, iqtisodiyot, buxgalteriya hisobi va auditi fakulteti. Ta’lim yo‘nalish/ mutaxassisligi: Zooinjeneriya, iqtisodiyot, buxgalteriya hisobi va auditi fakulteti Zooinjineriya (turlar bo‘yicha) |
![]() |
F.I.O: Anarbayeva Gulsara Dilshod qizi Ta’lim yo‘nalish/ mutaxassisligi: Zooinjeneriya, iqtisodiyot, buxgalteriya hisobi va auditi fakulteti Zooinjineriya (turlar bo‘yicha) |
![]() |
F.I.O: To’raqulova Shaxnoza Sarvar qizi Ta’lim yo‘nalish/ mutaxassisligi: “Veterinariya meditsenasi”fakulteti Diagnostika va labaratoriya ishlari yo’nalishi |
![]() |
F.I.O: Xaydarov Jaxongir Olimjon o‘g‘li Ta’lim yo‘nalish/ mutaxassisligi: “Veterinariya meditsinasi” fakulteti Veterinariya meditsinasi” (faoliyat turlari bo‘yicha) mutaxassisligi |



O`zbekcha
English
Русский



