Normativ xujjatlar

Normativ xujjatlar

Vazirlar Mahkamasining 3.10.2019 yildagi 840-son qarori bilan Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Toshkent filiali faoliyati tartibga solindi.

 

Eslatib oʻtamiz, filial Prezidentning 28.03.2019 yildagi PQ-4254-son qarori bilan tashkil etilgan.

 

Bu yerda veterinariya va chorvachilik sohasi mutaхassislarini tayyorlaydilar, ularning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash kurslarini tashkil etadilar, shuningdek amaliy va innovatsion izlanishlar bilan shugʻullanadilar. Filialga talabalarni qabul qilish 2020/2021 oʻquv yilidan quyidagi bakalavriat yoʻnalishlariga amalga oshiriladi:

· zooinjeneriya;

· veterinariya meditsinasi;

· veterinariya - sanitariya ekspertizasi;

· veterinariya diagnostikasi va laboratoriya ishlari.

 

Qabul kvotasini har yili tasdiqlanadigan oliy ta’lim muassasalariga qabul parametrlaridan kelib chiqib belgilaydilar.

 

OTMga Uchtepa tumani, Oʻrikzor dahasi, Halqa yoʻli koʻchasi 9-uy manzilida joylashgan Toshkent iqtisodiyot va servis kollejining binosi, mavjud 200 oʻrinli yotoqхonasi bilan birgalikda beriladi. Kollej oʻquvchilari oʻqishni bitirgunlariga qadar filial binolarida qoladilar. Bundan tashqari, kollej laboratoriya binosining bir qismini Toshkent Asalarichilar uyushmasiga taqdim etadilar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 4.10.2019 yildan kuchga kirdi.



Podrobneye: https://www.norma.uz/oz/qonunchilikda_yangi/veterinar_va_chorvachini_qaerda_uqitadilar
 

Foydali Manzillar