Samarqand veterenariya meditsinasi instituti Toshkent filiali to'g'risida ustav

Samarqand veterenariya meditsinasi instituti Toshkent filiali to'g'risida ustav

1. Ushbu Ustav “Ta’lim to‘g‘risida” 1997 yil 29 avgustdagi 464-I-son O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, Vazirlar Mahkamasining “Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Toshkent filialini tashkil etish to‘g‘risida” 2019 yil 3 oktyabrdagi 840-son qaroriga muvofiq, Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Toshkent filiali (keyingi o‘rinlarda Filial deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligini, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibini belgilaydi.

Filial O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda Qo‘mita deb ataladi) tarkibiga kiritilgan.

2. Filial oliy ta’lim muassasasi hisoblanib, oliy ta’limning asosiy
va qo‘shimcha ta’lim dasturlarini bajarish bo‘yicha ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanadi. O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va qonunosti hujjatlariga muvofiq o‘quv-pedagogik va ilmiy-metodik va boshqa faoliyatni amalga oshiradi hamda ta’lim xizmatlarini ko‘rsatadi.

3. Filial o‘z faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Qo‘mita raisi va Samarqand veterinariya meditsinasi institutining (keyingi o‘rinlarda Institut deb ataladi) qarorlari, buyruqlari
va topshiriqlari
ga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining normativ-huquqiy hujjatlari hamda mazkur Ustavga amal qiladi.

4. Filial byudjetdan moliyalashtiriladigan yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, bank hisob raqamlariga ega bo‘ladi.

5. Filialning rasmiy nomi:

davlat tilidaSamarqand veterinariya meditsinasi institutining Toshkent filiali;

ingliz tilidaTashkent branch of the Samarkand Institute of Veterinary Medicine;

rus tilidaТашкентский филиал Самаркандского института ветернарной медицины.

6. Filialning joylashgan joyi: Toshkent viloyati Zangiota tumani O'rtaoul QFY Amir Temur ko'chasi.

To'liq holda o'qish uchun quyida >> "nizom.pdf"

Foydali Manzillar