Sirtqi bo'lim boshlig'i

Sirtqi bo'lim boshlig'i

Mavlanova Saidaxon Umarovna

Qabul kunlari: dushanbadan shanbagacha 14:00-17:00

Mavlanova Saidaxon Umarovna 19-martda 1976 yil Surxondaryo viloyati Sho'rchi tumanida tug‘ilgan.

Ma’lumoti oliy. 1998-yil. Termiz Davlat universiteti – bakalavr

Ilmiy darajasi: -

Ilmiy unvoni:  -

Mutaxassisligi: O’zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi

Email: select-in@mail.ru

Ushbu bo’lim O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 21 noyabrdagi 930-sonli “Oliy ta’lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) va kechki (smenali) ta’limni tashkil etish taribi to’g`risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga binoan SVMITF tarkibida dastlab 2020-2021 o’quv yilidan “Sirtqi bo’lim” nomi bilan tashkil etilgan. Bo’limda talabalar quyidagi yo’nalishlarda tahsil olishadi:

  1. 5440100 – Veterinariya meditsinasi (faoliyat turlar bo‘yicha)
  2. 5440300 – Veterinariya diagnostikasi va laboratoriyasi ishi
  3. 5440400 – Veterinariya sanitariya ekspertizasi
  4. 5410600 - Zooinjeneriya (turlar bo‘yicha)

Sirtqi ta’limda o’qish muddati 5 yil.

Sirtqi ta’lim talabasi uchun o’qishga qabul qilingan o’quv yili boshida (odatda, sentyabr- oktyabr oylarida) bevosita oliy ta’lim muasssasasida 10 kunlik o’quv jarayoni bilan dastlabki tanishtiruv hamda semestr davomida o’qitiladigan fanlar bo’yicha qisqacha (ishchi o’quv rejasida belgilangan hajmda) ma’ruza, amaliy, laboratoriya va seminar mashg’ulotlari o’tkaziladi. Talabalarga mavzular bo’yicha topshiriqlar va ularni bajarish yuzasidan metodik ko’rsatmalar beriladi. O’quv sessiyasigacha bo’lgan muddatda sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limda o’qish mustaqil, jumladan, masofadan turib ta’lim olish shaklida amalga oshiriladi. Sirtqi ta’lim talabasi har bir semestr davomida bir marta oily ta’lim muassasasiga o’quv sessiyasiga chaqiriladi.

Foydali Manzillar