OCHIQ DARS MASHG‘ULOTI O‘TKAZILDI

OCHIQ DARS MASHG‘ULOTI O‘TKAZILDI

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filiali “Hayvonlar morfofiziologiyasi va yuqumsiz kasalliklar” kafedrasi assistenti F. Narzullayeva tomonidan ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi. 

 Mashg‘ulot mavzusi:  
«Гистоморфология подъязычных, верхнечелюстных и околоушных слюнных желез»  
(Tilosti, yuqori jag‘ va quloqoldi so‘lak bezlarining gistomorfologiyasi)

Mashg‘ulot davomida so‘lak bezlarining tuzilishi, asosiy gistologik xususiyatlari hamda ularning hayvonlar organizmidagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Mavzuni yoritishda bezlarning o‘zaro o‘xshash va farqli jihatlariga, shuningdek, ularning morfologik tuzilishi va vazifalariga alohida e’tibor qaratildi. 

Talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, gistologik tushunchalarini kengaytirish hamda mavzuga oid bilimlarni amaliy jihatdan anglashlariga xizmat qildi. Mashg‘ulot faol va mazmunli tarzda tashkil etildi.