MUHAMMAD ISMOIL BILAN DAVRA SUHBATI

MUHAMMAD ISMOIL BILAN DAVRA SUHBATI

Ma’naviyat, adabiyot va ijod — inson kamolotining muhim mezonlari

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filialida talaba-yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, ularning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhini mustahkamlash maqsadida taniqli madaniyat xodimi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Muhammad Ismoil bilan davra suhbati tashkil etiladi.

Davra suhbati davomida adabiyot va san’atning inson hayotidagi o‘rni, kitob mutolaasining yoshlar tafakkuriga ta’siri, ijodkorlik, ma’naviy barkamollik, milliy qadriyatlar hamda bugungi yoshlarning jamiyatdagi faolligi kabi muhim mavzular yuzasidan fikr almashiladi. Shuningdek, mehmon bilan ochiq muloqot shaklida o‘tkaziladigan uchrashuvda talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilish va ijodkorning hayotiy hamda ijodiy tajribalaridan bahramand bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Aziz talaba-yoshlar!
Sizni mazmunli suhbat, samimiy muloqot va yangi taassurotlarga boy ushbu uchrashuvga taklif etamiz!

O‘tkazilish joyi: Chilonzor binosi, Faollar zali
O‘tkazilish kuni: 12-noyabr
Boshlanish vaqti: 11:00

Kitob — tafakkur manbai, ma’naviyat esa insonning eng katta boyligidir!