Toshkent filiali hamda Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi instituti o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi

Toshkent filiali hamda Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi instituti o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi

Filialda ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish, shuningdek, soha uchun yuqori malakali, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash borasida izchil hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilmoqda.
 

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filiali hamda Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi instituti o‘rtasida ilm-fan va ishlab chiqarish sohasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida Anglashuv memorandumi imzolandi. Hujjatni filial direktori Nurbek Yuldashov hamda Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi instituti direktori Nigora Karimova imzoladilar.



Shuningdek, institut huzurida “Hayvonlar yuqumli va parazitar kasalliklar” hamda “Zooinjeneriya va ipakchilik” kafedralarining laboratoriya amaliy mashg‘ulotlarini o‘tash kafedrasi tashkil etish va uning faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish ko'zda tutildi.