O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi

O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filialida 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “Til — millat g‘ururi va ma’naviy ko‘zgusi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy bayram tadbiri tashkil etildi.
 

Tadbirni filial direktori Nurbek Yuldashov kirish so‘zi bilan ochib, barchani O‘zbek tili bayrami kuni bilan samimiy tabrikladi. O‘zbek tilining boy tarixi, uning davlat tili sifatidagi huquqiy nufuzi va taraqqiyot bosqichlari haqida to‘xtalib o‘tdi. Ayniqsa, yosh avlodning o‘z ona tilini chuqur bilishi, milliy adabiyotimiz durdonalaridan bahramand bo‘lishi hamda o‘z sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lib yetishishida ona tili sofligini saqlashning ahamiyati alohida ta’kidlandi.



Ona tili har bir xalqning o‘zligi, milliy g‘ururi, ma’naviy xazinasi hamda kelajak poydevori ekanligi yuksak mahorat bilan tarannum etildi.