TEZKORLIK VA CHIDAMLILIK SINOVI: 5 TASHABBUS OLIMPIADASI DOIRASIDA YENGIL ATLETIKA BAHSI BO‘LIB O‘TDI

TEZKORLIK VA CHIDAMLILIK SINOVI: 5 TASHABBUS OLIMPIADASI DOIRASIDA YENGIL ATLETIKA BAHSI BO‘LIB O‘TDI

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filialida yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularning sport sohasidagi iqtidorini ro‘yobga chiqarish maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” qizg‘in davom etmoqda

Olimpiada doirasida talaba-yoshlar o‘rtasida Yengil atletika sport musobaqasining filial bosqichi yuqori ko‘tarinkilik va murosasiz bahslar bilan tashkil etildi.

 Talabalar quyidagi shartlar bo‘yicha o‘zaro bellashdilar:
•  Qisqa va o‘rta masofalarga yugurish (100 m, 400 m);
•  Uzunlikka sakrash va tezkor start mashqlari.