AQSh'lik talabalar BMW ko‘magida, sarflaganidan ko‘ra ko‘proq energiya ishlab chiqaradigan elektromobilni yig’ishdi.

Luminetta konseptining bunday «dizayni» kuzovni keng qilish va unga 1700 dan ortiq quyosh panelini joylashtirish imkonini bergan. Panellar bir yorug‘ kun davomida, ham to‘xtab turganda, ham harakatlanayotganda, taxminan 50 km masofaga yetadigan energiya ishlab chiqaradi.

Shahardagi o‘rtacha kunlik yurish masofasi taxminan 20-30 km ekanini hisobga olsak, elektromobil bu masofa uchun zarur quvvatni nafaqat quyosh energiyasi hisobidan to‘liq qoplaydi, balki yana qo‘shimcha masofaga yetadigan ortiqcha energiya ham to‘playdi.

O‘ta yengil prototip (og‘irligi bor-yo‘g‘i 550 kg) faqat ilmiy loyiha sifatida yig‘ilgan. Uni bu ko‘rinishda sotish rejalashtirilmagan.