ISHONCH — YUKSAK MAS’ULIYAT!

ISHONCH — YUKSAK MAS’ULIYAT!

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filialida Yoshlar Ittifoqi faoliyatini yanada rivojlantirish, talaba-yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish maqsadida Filial Yoshlar Ittifoqi koordinatorlariga ishonch yorliqlari topshirildi.

Tadbir davomida filial direktori N.Yuldashov tomonidan Yoshlar Ittifoqining faol va tashabbuskor koordinatorlariga ishonch yorliqlari tantanali ravishda topshirildi.

Ishonch yorlig‘ining topshirilishi koordinatorlarning o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha faoliyatini mas’uliyat bilan olib borishi, talabalar manfaatlarini qo‘llab-quvvatlashi, yoshlarning taklif va tashabbuslarini amalga oshirishda faol ishtirok etishi uchun bildirilgan yuksak ishonch ramzi bo‘ldi.

Yoshlar tashabbusi — yangi g‘oyalar va katta imkoniyatlar sari muhim qadam!