Birinchi kompyuter sichqonchasining yaratilish tarixi

Birinchi kompyuter sichqonchasining yaratilish tarixi

1968-yil 9- dekabrda ixtirochi Duglas Engelbart jahonda birinchi bo‘lib kompyuter sichqonchasini ixtiro qildi. U shu oyning o‘zida San Fransiskoda “Hisoblash texnikasi” konferensiyasida dunyoda birinchi bo‘lib, kompyuter sichqonchasini qanday ishlashini namoyish etdi va bu “texnologiya asri” ni yana bir yuqori pog‘onaga olib chiqdi. Bu ixtiro g‘ildirakchalar o‘rnatilgan bir tugmachali kubikcha edi. Birinchi sichqonchani injiner Bill Inglish yig‘gan, uning imkoniyatlarini namoyish etish dasturini Djeff Rulifson yozgan.
Qurilmaning ichida ikkita metalldan yasalgan disk bo‘lib, qurilmani oldinga harakatlantirilganda bitta disk qayrilgan, ikkinchi disk esa qurilmani o‘nga va chapga harakatlantirishga yordam bergan.
1970-yillarning boshida Xerox kompaniyasi uchta tugmachali sichqonchani birinchilardan bo‘lib shaxsiy kompyuterning bir qismi sifatida taqdim etdilar. 1983-yilda Apple firmasi Lisa kompyuterlari uchun bir tugmachali sichqonchalarni ya’ni o‘z shaxsiy modellarini chiqardi.
Suratda: doktor Engelbart tomonidan ixtiro qilingan va uning ikki sherigi tomonidan qurilgan birinchi kompyuter sichqonchasining prototipi tasvirlangan.