18-noyabr — Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilingan kun!

18-noyabr — Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilingan kun!

Davlat bayroğimiz — milliy ğururimiz, mustaqilligimiz va özligimiz timsoli.

1991-yil 18-noyabr kuni Özbekiston Respublikasining Davlat bayroği qabul qilingan. Oradan yillar ötsa-da, uning har bir rangi, har bir ramzi xalqimizning ezgu orzu-intilişlari, tinçlik va farovonlik sari intilişini ifodalab kelmoqda.

Moviy rang — musaffo osmon va hayot ramzi, oq rang — tinçlik va poklik, yaşil rang — yangilaniş va tabiat timsoli. Qizil çiziqlar esa hayotiy kuç va jöşqinlikni anglatadi.

Bugun dunyoning qaysi nuqtasida hilpiramasin, bayroğimiz biz uçun Vatan timsoli, faxr va iftixor manbaidir.

Bayroğimiz doimo baland hilpirayversin!

Bayroğimiz qabul qilingan kun muborak bölsin!