17-NOYABR — XALQARO TALABALAR KUNI!

17-NOYABR — XALQARO TALABALAR KUNI!

Aziz talabalar!

Sizlarni 17-noyabr — Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filiali jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz!

Sizlarga ta’lim olish va ilmiy izlanishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar, mustahkam iroda, yuksak maqsadlar sari qat’iyat bilan intilish, yangi g‘oyalar va ijodiy parvozlar tilaymiz. Har bir tashabbusingiz qo‘llab-quvvatlanib, barcha ezgu orzu va rejalaringiz amalga oshsin.

Kelajakda o‘z kasbingizning bilimdon va fidoyi mutaxassislari bo‘lib, mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi hamda veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar sohalari rivojiga munosib hissa qo‘shishingizga ishonamiz.

 Xalqaro talabalar kuni muborak bo‘lsin! Talabalik davringiz mazmunli, sermahsul va unutilmas lahzalarga boy bo‘lsin!