“YASHIL TARAQQIYOT TAMOYILLARI: TAHLIL VA NATIJALARI”

“YASHIL TARAQQIYOT TAMOYILLARI: TAHLIL VA NATIJALARI”

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filialida “Yashil taraqqiyot tamoyillari: tahlil va natijalari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
 

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Boriy Alixonov, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar partiya tashkiloti raisi, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sevara Fayziyevalar ishtirok etishdi.



Unda yashil taraqqiyot, ekologik barqarorlikni ta’minlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda yoshlarning ekologik madaniyatini yuksaltirish masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.

Tadbir davomida “Yashil taraqqiyot tamoyillari: tahlil va natijalari” nomli risolaning taqdimoti o‘tkazilib, unda aks etgan muhim g‘oya va tahlillar yuzasidan ma'lumotlar berildi.