"Yoshlar haftaligi" doirasida kiberjinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda

"Yoshlar haftaligi" doirasida kiberjinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda

5-oktabrdan 10-oktabrgacha bo‘lgan davr "Yoshlar haftaligi" deb e’lon qilindi. Shu munosabat bilan, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filialida talaba-yoshlarning huquqiy va raqamli savodxonligini oshirish, ularni kiberjinoyatchilik va kiberfiribgarlik tahdidlaridan himoya qilishga qaratilgan amaliy profilaktik tadbirlar tashkil etilmoqda.
 

Tadbir doirasida filial rahbariyati, tyutorlar va tuman huquq-tartibot idoralarining kiberxavfsizlik bo‘limi mutaxassislari ishtirokida talabalar bilan ochiq muloqotlar va tushuntirish ishlari olib borildi.

Olib borilayotgan bu kabi profilaktik tadbirlar talabalarning axborot makonidagi xavfsizligini ta’minlash, ularning huquqiy va raqamli madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.