TALABALAR XAVFSIZLIGI HAMISHA E’TIBORDA: IJARA XONADONLARIDA PROFILAKTIK TADBIRLAR O‘TKAZILMOQDA

TALABALAR XAVFSIZLIGI HAMISHA E’TIBORDA: IJARA XONADONLARIDA PROFILAKTIK TADBIRLAR O‘TKAZILMOQDA

Ijara xonadonlarida yashovchi talabalarning xavfsizligini ta’minlash borasida profilaktik va tushuntirish ishlari izchil olib borilmoqda. 

Filial mas’ullari hamda tyutorlar tomonidan ijara xonadonlariga tashrif buyurilib, talabalar bilan muloqot va amaliy ko‘riklar o‘tkazildi.

 Tadbirlar davomida quyidagilarga alohida e’tibor qaratildi:
•  Elektr energiyasi: Nosoz elektr jihozlaridan foydalanmaslik, simlar va rozetkalarning sozligini tekshirish;
•  Gaz va isitish qurilmalari: Gaz plitalari hamda isitish pechlaridan to‘g‘ri foydalanish, is gazi (uglerod oksidi) xavfining oldini olish bo‘yicha qat’iy yo‘riqnomalar berish;
•  Suv ta’minoti: Suv tarmoqlarining sozligi va isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik;

• Texnika va yong‘in xavfsizligi: Favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish hamda profilaktika qoidalariga rioya etish.