Tyutor lavozimi bo‘yicha ma’lumot

Tyutor lavozimi bo‘yicha ma’lumot

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filiali tyutorlarni ishga qabul qilish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oliy ta’lim tashkilotlarida tyutorlik faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida 2005-yil 17-oktabrdagi 656-son qarori 1-lovasi bilan tasdiqlangan Nizomning 77-bandiga muvofiq tyutorlarni ishga qabul qilish jarayonida quyidagi malaka talablari qo‘yiladi:

· Oliy ma’lumotga (bakalavr) ega bo‘lish (ilmiy daraja va ilmiy unvonga ega shaxslarga afzallik beriladi);

· Qonunchilik hujjatlariga muvofiq ta’lim berish huquqidan mahrum etilmagan bo‘lishi;

· Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar uslubiyoti hamda amaliyotini chuqur anglagan, pedagogik-psixologik bilim va tajribaga ega bo‘lishi;

· Namunaviy shaxsiy fazilatlarga, shu jumladan, madaniyatlilik, mas’uliyatlilik, kirishimlilik, vatanparvarlik va tashabbuskorlik xususiyatlariga ega bo‘lishi;

· Mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi.

Ushbu Nizomning 17-bandida belgilangan talablarga javob bermaydigan mutaxassislar tyutorlik lavozimiga tayinlanmaydi.

Izoh: Filialda hozirgi kunda tyutorlik bo‘yicha bo‘sh ish o‘rni mavjud emas