Xalqaro akademik hamkorlik va tajriba almashinuvi

Xalqaro akademik hamkorlik va tajriba almashinuvi

 4–9-noyabr kunlari Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filiali vakillari M. Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universitetida xalqaro akademik mobillik dasturi doirasida bo‘lib, ta’lim va ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarda ishtirok etmoqdalar .
 

Tashrif davomida ikki oliy ta’lim muassasasi vakillari o‘rtasida ilmiy-pedagogik tajriba almashinuvi ham yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, xalqaro akademik aloqalarni mustahkamlash, ta’lim va ilm-fan sohasidagi hamkorlikni kengaytirish hamda kelgusida qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.



Mazkur akademik mobillik dasturi pedagoglar va talabalar uchun yangi bilim va tajribalar bilan tanishish, xalqaro hamkorlik ko‘lamini kengaytirish hamda o‘zaro aloqalarni yanada