“DIREKTOR KUBOGI” SPORT MUSOBAQALARI BO'LIB O'TDI

“DIREKTOR KUBOGI” SPORT MUSOBAQALARI BO'LIB O'TDI

Filialda xodimlar va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, o‘zaro birdamlik va jamoaviy hamjihatlikni yanada mustahkamlash maqsadida “Direktor kubogi” sport musobaqalari bo'lib o'tdi.

Musobaqalar quyidagi sport turlari bo‘yicha o‘tkazildi:
 Ayol xodimlar va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida — VOLEYBOL musobaqasi
 Erkak xodimlar va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida — FUTBOL musobaqasi

Murosasiz, qizg‘in va murosasiz sport bellashuvlari;
• Yuqori kayfiyat, chaqqonlik va jamoaviy shiddat;
• Hamkasblar bilan birgalikda unutilmas onlar va sport ruhi

Musobaqa yakunida eng faol, chaqqon jamoalar va g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar “Direktor kubogi” - diplom hamda Kasaba uyushmasi qo'mitasi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi