- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
“Inson uchun – 2026” festivali doirasida “Job Fair” bo‘lib o‘tdi. Yarmarka yoshlar bandligini ta’minlash, bitiruvchilarning mehnat bozoriga integratsiyasini qo‘llab-quvvatlash hamda ish beruvchilar bilan bevosita muloqot maydonini yaratish maqsadida tashkil etildi.
Filial bitiruvchilari ham ushbu yarmarkada faol qatnashib, o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha mos bo‘sh ish o‘rinlari yuzasidan ma’lumotlar oldilar. Ish beruvchilar bilan yuzma-yuz suhbatlar o‘tkazib, kelgusidagi mehnat faoliyati uchun muhim tavsiya va takliflarga ega bo‘ldilar. Ayrim bitiruvchilar o‘z rezyumelarini topshirib, dastlabki suhbat jarayonlarida ham ishtirok etdilar.
Mazkur tadbir yoshlarning kasbiy salohiyatini namoyon etish, ularni munosib ish o‘rinlariga yo‘naltirish hamda ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashda muhim platforma bo‘lib xizmat qildi.