Hayvonlar gavdasini yorib ko‘rish usullari va tartiblari: Talabalar uchun ochiq amaliy mashg‘ulot

Hayvonlar gavdasini yorib ko‘rish usullari va tartiblari: Talabalar uchun ochiq amaliy mashg‘ulot

 ‘Hayvonlar morfofiziologiyasi va yuqumsiz kasalliklar’’ kafedrasi assistenti D.Abdullayeva va Sh.Elmamatov  tomonidan Veterinariya meditsinasi fakulteti, Veterinariya diagnostikasi va laboratoriya yo‘nalishi 23- 06 sirtqi guruh talabalari uchun ‘‘Hayvonlar gavdasini yorib ko‘rish usullari va tartiblari’’ mavzusida ochiq amali mashg‘ulot o‘tkazildi.

Mashg‘ulot davomida talabalarga hayvonlarning gavdasini yorib ko‘rish tartibi va usullari hamda gavdaning tashqi va ichki o‘zgarishlari batafsil tushuntirildi, bundan tashqari gavda o‘rganlaridan patologik materiallar kesib olinib laboratoriyalarda gistologik tekshirishlar o‘tkazish haqida batafsil ma’lumot berildi.

Talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlash, hayvonlarda o‘lim sababini aniqlash, kasalliklarni patogenezini o‘rganish tashhis qo‘yish ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim hisoblanadi.


Foydali manzillar