- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
Joriy yilning 10-aprel kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filialiga Italiyaning “OPERA S.r.I.” kompaniyasi xorijiy eksperti Anna Slaviero tashrif buyurdi.
Talabalarning nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlash maqsadida xorijiy mutaxassis tomonidan 2-bosqich Veterinariya diagnostikasi va laboratoriya ishlari hamda 1-bosqich Veterinariya meditsinasi yo‘nalish talabalari uchun "VUT" dasturi doirasida amaliy mashg‘ulot tashkil etildi. Mazkur mashg‘ulot yangi tashkil qilingan "Epizootologiya va PSR, IFA" laboratoriyasida o‘tkazilib, unda “Biokimyoviy tahlil” mavzusi muhokama qilindi hamda laboratoriya sharoitida uslubiy ko‘rsatmalar berildi.

Xorijiy ekspert Anna Slaviero talabalarga hayvonlar sog‘ligini baholashda biokimyoviy ko‘rsatkichlarning ahamiyati, zamonaviy laboratoriya uskunalari bilan ishlash tartibi va diagnostika uslublari bo‘yicha amaliy tavsiyalar berdi.
Mazkur mashg‘ulot talabalar tomonidan katta qiziqish bilan kuzatildi va ular o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri mutaxassisdan javob olish imkoniga ega bo‘lishdi.

Matbuot kotibi: A.Ergashev