YOSHLAR KUNI DOIRASIDA MAZMUNLI UCHRASHUV

YOSHLAR KUNI DOIRASIDA MAZMUNLI UCHRASHUV

Filialda Yoshlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston Milliy bankining “Kelajakka qadam” loyihasi menejeri Gulboyev Abdulaziz ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Tadbirda filial rahbariyati, mas’ul xodimlar va talaba-yoshlar qatnashdi. Uchrashuv davomida moliyaviy savodxonlik, shaxsiy budjetni rejalashtirish, daromad va xarajatlarni oqilona boshqarish mavzularida fikr almashildi 

Bank xizmatlaridan samarali foydalanish, bank kartalari va mobil ilovalar orqali to‘lovlarni amalga oshirish hamda moliyaviy firibgarliklardan ehtiyot bo‘lish yuzasidan foydali tavsiyalar berildi 



 Yoshlarning tadbirkorlikka oid qiziqishlari ham e’tibordan chetda qolmadi. “Kelajakka qadam” loyihasi va yoshlar uchun mavjud imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi

 Bunday uchrashuvlar yoshlarning iqtisodiy bilimlarini oshirish, moliyaviy mas’uliyatini mustahkamlash va kelajakdagi maqsadlari sari ishonch bilan qadam tashlashiga xizmat qiladi