Kompleks davlat akkreditatsiyasi doirasida filial faoliyati yuzasidan taqdimot o‘tkazildi

Kompleks davlat akkreditatsiyasi doirasida filial faoliyati yuzasidan taqdimot o‘tkazildi

Ushbu amaliy tadbirga Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Nodir Ergashev boshchiligidagi delegatsiya a’zolari tashrif buyurdi.
 

Ochilish yig‘ilishidan so'ng ta’lim tashkiloti to‘g‘risida qisqa taqdimot o‘tkazildi. Unda filialning faoliyati, ta’lim yo‘nalishlari, rivojlanish ustuvorliklari haqida umumiy ma’lumot berildi.



Taqdimot davomida filialning bugungi faoliyatini belgilab berayotgan asosiy yo‘nalishlar, erishilgan natijalar hamda ta’lim jarayonidagi so'nggi o'zgarishlarga to'xtalib o'tildi.