Maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish jarayonlari boshlandi.

Maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish jarayonlari boshlandi.

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filialida ta’lim sifatini tashqi baholash, ta’lim tashkiloti va uning ta’lim dasturlarini kompleks hamda maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish jarayonlari boshlandi.
 

Ushbu akkreditatsiya jarayoni va tashqi baholash tadbirlari filial uchun shunchaki navbatdagi tekshiruv emas, balki oliy muassasaning xalqaro ta’lim maydonidagi o‘rnini mustahkamlash yo‘lidagi strategik qadam bo‘ldi.



Baholash so‘nggi 3 yillik faoliyatini qamrab oladi hamda ta’lim sifati va boshqaruvidan tortib, ilmiy-tadqiqot faoliyati, talabalarni qo‘llab-quvvatlash va moddiy-texnik ta’minotgacha bo'lgan 8 ta asosiy yo'nalish bo'yicha amalga oshiriladi.