1-kurs talabalari uchun Adiblar xiyoboni va “Ulug‘bek” jamg‘armasiga ma’rifiy tashrif tashkil etildi

1-kurs talabalari uchun Adiblar xiyoboni va “Ulug‘bek” jamg‘armasiga ma’rifiy tashrif tashkil etildi

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filialida 1-bosqich talabalarini oliy ta’lim muhitiga moslashtirish va ularning ma’naviy-ma’rifiy salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan “1-kurs maktabi” loyihasi doirasida qator tadbirlar o‘tkazilmoqda.
 

Texnologiyalar fakulteti mas’ul hodimlari tashabbusi bilan fakultetning 1-bosqich talabalari poytaxtimizdagi Adiblar xiyoboni hamda Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash "Ulug‘bek" jamg‘armasiga tashrif buyurdilar.



Adiblar xiyoboni bo‘ylab uyushtirilgan ekskursiya davomida talabalarga mumtoz va zamonaviy adabiyotimiz namoyandalari, ularning xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirishdagi o‘rni haqida atroflicha ma’lumot berildi.