DIREKTOR MUROJAATI

DIREKTOR MUROJAATI

Aziz va qadrli talabalar!

Avvalo, sizlarni hayotingizdagi unutilmas voqea — talabalik baxtiga erishganingiz va qutlug‘ dargohimizga qabul qilinganingiz bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!

Sizlar uchun oliygohimizdagi ilk o‘quv kuni mamlakatimiz Mustaqilligining shonli 35 yillik bayrami shukuhi ostida “Mustaqillik darslari” bilan boshlanayotganida ramziy ma’no bor. Zero, istiqlol bizga o‘zligimizni anglash, ilm cho‘qqilarini zabt etish va dunyo bilan bo‘ylashish imkoniyatini berdi.

Qadrli yoshlar!

Siz tanlagan veterinariya, chorvachilik va biotexnologiya sohalari bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyoti va xalqimizning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda strategik ahamiyatga ega.

Yangi o‘quv yili barchangizga xayrli va barokatli kelsin! Bilimlar olami sari tashlagan ilk qadamingiz qutlug‘ bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Nurbek Yuldashov
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filiali direktori