Filialda 1-bosqich talabalari uchun “Mustaqillik darslari” davom etmoqda

Filialda 1-bosqich talabalari uchun “Mustaqillik darslari” davom etmoqda

Yangi o‘quv yili munosabati bilan 1-bosqich talabalari uchun “Mustaqillik darslari” tashkil etilmoqda.
 

Mazkur darslar davomida tajribali professor-o‘qituvchilar va kafedra mudirlari talabalarga Mustaqillik yillarida mamlakatimiz erishgan muvaffaqiyatlar, qishloq xo‘jaligi hamda veterinariya sohalaridagi islohotlar haqida atroflicha ma’lumotlar bermoqdalar. Shuningdek, talaba-yoshlarga oliygohdagi odob-axloq qoidalari, kredit-modul tizimining afzalliklari va kelajakdagi kasbiy mas’uliyatlar tushuntirilmoqda.



“Mustaqillik darslari” talaba-yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlash va ularda o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.