“Talabalikka bag‘ishlov” tantanali tadbiri o‘tkazildi

“Talabalikka bag‘ishlov” tantanali tadbiri o‘tkazildi

Yangi o‘quv yilida 1-bosqichga qabul qilingan talaba-yoshlarni oliygoh hayotiga bag‘ishlash va ularni talabalar safiga tantanali qabul qilish munosabati bilan “Talabalikka bag‘ishlov” ma’rifiy-badiiy tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda filial rahbariyati, mehmonlar, professor-o‘qituvchilar, xodimlar, tyutorlar, ota - onalar hamda birinchi bosqich talabalari ishtirok etishdi.
 

Tantanali marosimni filial rahbari N.Yuldashov ochib berib, o‘qishga qabul qilingan barcha yoshlarni samimiy muborakbod etdi. Ta’kidlanganidek, bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarning zamonaviy bilim va kasb-hunar egallashlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan bo‘lib, ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanish har bir talabaning burchidir.



Dastur davomida badiiy va madaniy chiqishlar, kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarga manzur bo‘ldi.