Xorijiy fuqarolar uchun suhbat-imtihonlari o‘tkazildi

Xorijiy fuqarolar uchun suhbat-imtihonlari o‘tkazildi

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filialida komissiya a'zolari tomonidan 2026/2027-o‘quv yilida tahsil olish uchun xorijiy fuqarolarni o‘qishga qabul qilish bo‘yicha suhbat-imtihonlari tashkil etildi.



Suhbat-imtihonlari maxsus tuzilgan komissiya a’zolari tomonidan adolat va ochiqlik prinsiplari asosida tashkil etildi. O'quv tartibi, jarayonlari to'g'risida batafsil ma'lumotlar berildi.

Imtihonlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, talabalik baxtiga erishish arafasida turgan barcha xorijlik yoshlarni qutlaymiz va ularning kelgusi o‘qish va ilmiy faoliyatlarida zafarlar tilaymiz.