Kasbiy salohiyat va ikkinchi mutaxassislik: suhbat jarayonlari o‘tkazildi

Kasbiy salohiyat va ikkinchi mutaxassislik: suhbat jarayonlari o‘tkazildi

Filialda 2026 - 2027 - o'quv yili uchun ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan talabgorlar uchun suhbat-imtihon jarayonlari bo‘lib o‘tdi.
 

Oliy ta’lim muassasalariga ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha o‘qishga kirish istagini bildirgan fuqarolarning bilim darajasi, kasbiy tayyorgarligi va tanlagan sohasiga bo‘lgan qiziqishlarini xolisona baholash maqsadida maxsus malakali komissiya tuzildi.


Suhbat jarayoni to‘liq shaffoflik va adolat tamoyillari asosida tashkil etilib, nomzodlar tanlagan mutaxassisliklari bo‘yicha o‘zlarining nazariy bilim hamda amaliy ko‘nikmalarini namoyon etdilar. Komissiya a’zolari har bir talabgor bilan muloqot qilib, ularning sohani rivojlantirishdagi rejalarini o‘rganib chiqishdi.