Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga oʻtkazilgan suhbat natijalari eʼlon qilindi

Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga oʻtkazilgan suhbat natijalari eʼlon qilindi

Filialda texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy taʼlim muassasasining bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga suhbat asosida oʻqishga qabul qilish jarayoni boʻlib oʻtdi.



Suhbat jarayonlarida filial direktori N.Yuldashov hamda komissiyasi aʼzolari ishtirok etib, abituriyentlarning bilimi, dunyoqarashi va kasbiy tayyorgarligini xolisona baholadilar.

Belgilangan tartibga koʻra:
Suhbat komissiyasi aʼzolari tomonidan qoʻyilgan ballarning oʻrtachasi 67 ball va undan yuqori boʻlganda abituriyent suhbatdan oʻtgan hisoblanadi. Oʻtkazilgan suhbat natijalariga koʻra, 4 nafar abituriyent ushbu talabni bajardi va suhbatdan muvaffaqiyatli oʻtdi!

Suhbatdan muvaffaqiyatli oʻtgan barcha abituriyentlarimizni samimiy tabriklaymiz va kelgusi oʻqishlarida zafarlar tilaymiz!