Korrupsiya qayerdan boshlanadi?

Korrupsiya qayerdan boshlanadi?

Korrupsiya har doim pora bilan boshlanmaydi. Ko‘pincha u indamaslikdan, “mayli, shunaqa bo‘lsin” degan fikrdan, kichik yon berishlardan paydo bo‘ladi.
 

Bugun adolatsizlikka ko‘z yumsak, ertaga  halollik qadrsizlanadi.
Bugun  sukut saqlasak, ertaga  ishonch yo‘qoladi.



Korrupsiyaga qarshi kurash faqat jazo emas. Bu har bir insonning shaxsiy tanlovi.
 halol ishlash;
 ochiq gapirish;
 qonuniy yo‘lni tanlash
– jamiyatni aynan shu qarorlar o‘zgartiradi.

 Korrupsiyaga qarshi kurash o‘zimizdan boshlanadi.

Bugun tanlangan to‘g‘ri yo‘l – ertangi adolatli jamiyatning poydevoridir.



Korrupsiyaga duch kelsangiz, quyidagi aloqa manzillariga murojaat qilishingizni so‘raymiz:

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Call-markazi – 1253
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ishonch telefoni – 1006, anticor@edu.uz elektron pochta.