Imtihonlar shaffof va adolatli: Test sinovlari nazorat ostida o‘tkazildi

Imtihonlar shaffof va adolatli: Test sinovlari nazorat ostida o‘tkazildi

Filialda talabalarning bilimini xolisona baholash hamda akademik halollikni ta'minlash maqsadida nazorat tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.
 

Texnologiyalar fakulteti 2-semestr 25-24-guruh talabalari ishtirokida test sinovlari bo‘lib o‘tdi. Mazkur imtihon jarayonlarining ochiq, adolatli va shaffof o‘tishini ta’minlash, shuningdek, har qanday korrupsion holatlarning oldini olish maqsadida sinovlar Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens-nazorat" tizimini boshqarish bo‘limi mas’ullari tomonidan bevosita nazoratga olindi.



Test jarayonlari belgilangan tartib-qoidalarga va akademik halollik tamoyillariga qat’iy rioya qilingan holda yakunlandi. O‘z bilimiga ishongan yoshlarimizga imtihonlarda yuqori natijalarni tilab qolamiz