#Stop_korrupsiya

#Stop_korrupsiya


✅Komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari ning vazifalari va huquqlari, shuningdek, xavfsizlik kafolatlari qonunda aks ettirilmoqda.

❗️Vazifalari:

- korrupsiyaga qarshi ichki idoraviy siyosatni amalga oshirish;
- samarali mexanizmlar va nazorat tizimini joriy etish;
- sohaga aloqador bo‘linmalar faoliyatini muvofiqlashtirish;
- korrupsiyaga qarshi murosasiz muhit va aholining ijobiy fikrini shakllantirish;
- tekshiruvlar o‘tkazish va b.

Xavfsizlik kafolatlari:
komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari xodimlari davlat himoyasida bo‘ladi, ularga nisbatan tergov va protsessual harakatlar Bosh prokurorning ruxsati bilan yoki uni xabardor etgan holda amalga oshirilishi belgilanmoqda.

❗️Ularga quyidagi 6 ta qo‘shimcha huquqlar berilmoqda:

- hodisa va jarayonlarni kuzatish va qayd etish;
- uchinchi shaxslar bilan maxfiylik asosida hamkorlik o‘rnatish;
- korrupsiyaga qarshi kurashish borasida tergovga qadar tekshiruv va tergov organlari bilan hamkorlik qilish hamda materiallarni taqdim etish;
- birinchi rahbarning korrupsiyaga aloqadorlik alomatlari aniqlanganda, yuqori turuvchi tuzilmalar bilan kelishgan holda boshqaruv qarorlarini qabul qilishni vaqtincha to‘xtatish yoki tegishli shaxslarni vazifasini bajarishdan vaqtincha chetlatish.