Pora olmagani uchun xodimni mukofotlash to‘xtatiladi

Pora olmagani uchun xodimni mukofotlash to‘xtatiladi

Ijtimoiy tarmoqlarda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining pora olmagani uchun pul mukofoti bilan taqdirlanishi e’tirozlarga sabab bo‘layotgan edi.

Jamoatchilik "Shundoq ham pora olmaslik ularning majburiyati-ku!" degan haqli savolni o‘rtaga tashlamoqda.
 

Aksilkorrupsiya agentligi bunga munosabat bildirdi:
Agentlik HMQO xodimlarini poradan voz kechgani uchun rag‘batlantirishni huquqiy jihatdan nomuvofiq deb hisoblaydi.

Qonun ustuvorligini ta’minlash, korrupsiyaga qarshi kurashish — xodimlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri majburiyatidir.



Agentlik tomonidan ishlab chiqilayotgan qaror loyihasiga ko‘ra, bunday rag‘batlantirish choralari endi huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Jarayon maxsus elektron platforma orqali nazorat qilinadi va budjet mablag‘larining asossiz sarflanishiga chek qo‘yiladi.