Qo‘mita raisi talaba-yoshlar bilan uchrashdi

Qo‘mita raisi talaba-yoshlar bilan uchrashdi

O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutida -  Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi raisi Azizbek Urunov talaba-yoshlar bilan uchrashib, ular bilan ochiq muloqot olib bordi.

Ushbu uchrashuvda filial direktori N.Yuldashev, professor-o‘qituvchilar hamda faol talabalar ishtirok etishdi.

Muloqot davomida mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda zamonaviy va xavfsiz texnologiyalardan foydalanish hamda o‘simliklar karantini tizimini takomillashtirish kabi dolzarb masalalarga alohida to‘xtalib o‘tildi. Qo‘mita raisi yoshlarga bugungi kunda sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, kadrlar siyosatidagi yangiliklar va yosh mutaxassislar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan tadbirda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan ilmiy, amaliy va ijtimoiy savollar bilan murojaat qilib, qo‘mita raisidan atroflicha javob olishdi.