MUROJAATNOMA

MUROJAATNOMA

Hurmatli professor-o‘qituvchilar, xodimlar, abituriyentlar va ota-onalar!

Oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonlari boshlanganligi munosabati bilan barchani halollik, shaffoflik va adolat tamoyillariga qat’iy amal qilishga chaqiraman.

Filialda korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasiz kurash olib borilmoqda. Qabul jarayonlarida ham ochiqlik va xolislik to‘liq ta’minlanadi.

Eslatib o‘taman: imtihon natijalariga noqonuniy ta’sir ko‘rsatish, pora berish yoki olish, vositachilik qilish kabi har qanday korrupsion holatlar qonunga xilofdir va qat’iy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Filialning biror xodimi tomonidan noqonuniy moddiy manfaat talab qilinishi mutlaqo taqiqlanadi.

Abituriyentlar va ularning ota-onalaridan turli va’dalar beruvchi vositachilarning takliflariga ishonmaslik, o‘z bilim va salohiyatlariga tayanishni so‘raymiz. Biz har bir abituriyentning bilim va salohiyati xolis baholanishini kafolatlaymiz.

Agar qabul jarayonlarida korrupsion holatlarga duch kelsangiz, bu haqda zudlik bilan filial rahbariga yoki filialning Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat qilish bo‘limiga murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Keling, birgalikda filialimizda halollik va adolat muhitini mustahkamlab, korrupsiyadan mutlaqo holi ta’lim muassasasini barpo etaylik.

Yuldashov N.
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali direktori, v.f.d.professor