Aziz yoshlar, qadrli talabalar va filialimizning azmu shijoatli o‘g‘il-qizlari!

Aziz yoshlar, qadrli talabalar va filialimizning azmu shijoatli o‘g‘il-qizlari!

Sizlarni mamlakatimizda keng nishonlanayotgan 30-iyun — “Yoshlar kuni” bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!

Bugungi kunda yurtimizda yoshlarga berilayotgan e’tibor, ularning intilishlarini qo‘llab-quvvatlash davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishidir. Sizlar nafaqat bugungi kunimizning faol ishtirokchisi, balki ertangi buyuk kelajagimizning bunyodkorisiz.

Sizlarga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik va o‘qishlaringizda ulkan zafarlar tilayman. Ilm olishdan, izlanishdan va yangilikka intilishdan hech qachon charchamang. Sizning yutug‘ingiz — filialimizning yutug‘i, xalqimimizning esa eng katta boyligidir!

Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz yoshlar!

Hurmat bilan,

Veterinariya fanlari doktori, professor
Yuldashov Nurbek Ergashovich
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filiali direktori