Ilm-fan va amaliyot uyg‘unligi: Magistrlik dissertatsiyalari himoyasi o‘tkazildi

Ilm-fan va amaliyot uyg‘unligi: Magistrlik dissertatsiyalari himoyasi o‘tkazildi

“Hayvonlarning parazitar va yuqumli kasalliklari” mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olayotgan magistrantlarning ilmiy dissertatsiya ishlari himoyasi bo‘lib o‘tdi.
 

Himoya jarayonida magistrantlar veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar, jumladan, hayvonlarning infeksion va invazion kasalliklarini erta aniqlash, ularga qarshi kurashishning innovatsion usullari hamda profilaktika tadbirlari bo‘yicha olib borgan izlanishlarini keng jamoatchilik va komissiya a’zolari oldida himoya qildilar.



Komissiya a’zolari yosh tadqiqotchilarning ilmiy ishlarini tahliliy va tanqidiy baholab, ularning amaliy ahamiyati, sohaga kiritilayotgan yangiliklari hamda laboratoriya tadqiqotlarining asoslanganligini alohida e’tirof etdilar. Himoya qilgan magistrantlarning aksariyati komissiya tomonidan yuqori va ijobiy baholarga loyiq deb topildi.